Barcha yangiliklar RSS

Boshqarma haqida

Bayram muborak


O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan har yili 18-aprel — “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari kuni" keng nishonlanadi. Sana munosabati bilan yurtimizda sohada fidokorona mehnat qilayotgan insonlar faoliyatiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Kuni kech soha vakillariga yo’llangan Prezident tabrigida ham kommunal soha nafaqat infratuzilmani rivojlantirish, balki ijtimoiy mas’uliyatni ta’minlashda ham muhim o‘rin tutayotgani alohida e’tirof etildi. Bugungi kunda Xorazm viloyatidagi 2 mingdan ortiq ko’p qavatli uylarga 45 ta boshqaruv servis kompaniyalari xizmat ko’rsatib kelmoqda. Minglab xodimlar sohada mehnat qilmoqda.

Xorazm viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi Bosh boshqarmasi fursatdan foydalanib barcha uy-joy kommunal sohasi vakillarini bayram bilan tabriklaydi!


18-04-2026, 11:00
Ko'rishlar: 27
Sahifani chop etish
2026-yil - “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”