Barcha yangiliklar RSS

Boshqarma haqida

Jamoatchilik eshituvida kommunal soha muhokama qilindi

     
     

OʻzLiDeP deputatlik guruhi ishtirokida Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashida ijtimoiy himoya masalalariga bagʻishlangan jamoatchilik eshituvi oʻtkazildi. Unda aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, turmush sharoitlarini yaxshilash hamda sohadagi muammolarni aniqlab, ularga amaliy yechim topish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Eshituvda OʻzLiDeP viloyat Kengashi raisining birinchi oʻrinbosari I.Fayzullayev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati B.Berdiyeva, deputatlar, partiya faollari ishtirok etdi.

Eshituvda viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi Bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan boshqarma boshligʻi o‘rinbosari Jasurbek Yoʻldoshev hisoboti tinglandi.

Xususan, 2025–2026-yillar kuz-qish mavsumini betalofat oʻtkazish maqsadida 185 ta koʻp kvartirali uy-joyni taʼmirlash boʻyicha manzilli dastur ishlab chiqilib, belgilangan ishlar amalga oshirilgan. Jumladan, 10,6 ming kvadrat metr tom qismi taʼmirlandi, 64 ta uy fasadi va 259 ta kirish yoʻlaklari yangilandi, koʻplab kodli temir eshiklar oʻrnatildi, 38 ta uyning yertoʻlasi va muhandislik tarmoqlari tartibga keltirildi, shuningdek, 626 ta energiya tejamkor sensor lampalar oʻrnatildi.Shu bilan birga, tegishli qarorlar asosida 10,4 mlrd soʻm byudjet mablagʻlari hisobidan viloyatdagi 27 ta lift uskunalari yangisiga almashtirildi.

Eshituv yakunida ijtimoiy himoya va uy-joy kommunal sohasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, aholi farovonligini taʼminlash ustuvor vazifa ekani yana bir bor qayd etildi.


27-03-2026, 10:30
Ko'rishlar: 47
Sahifani chop etish
2026-yil - “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”